Tariflar

  Tarif-1: Qoramol: Qoramol (buqa) qurbonlik qilish. Dinimizda bitta qoramolni yetti kishi qurbonlik qilishiga ruxsat bor. (yoki o‘n bosh qoramolning 70 kishi nomidan qurbonlik qilinishi joizdir). Bu tarifda yetti kishi hisobidan bir qoramol qurbonlik qilinadi.    

Qurbonlik qoramolingiz Xayit bayramining birinchi kunida musulmon qassoblar tomonidan toza-pokiza qushxonada so‘yilib, muzlatgichlarda kun davomida tindiriladi (go‘shtdagi zararli xususiyatlarni yo‘qotish va paketlarda xidlanib qolmasligi uchun). Bayramning ikkinchi va uchinchi kunlari mol go‘shti teng hissalarga taqsim qilinib, qog‘oz qutilarga qadoqlanib, egalariga yetkaziladi.

  Tarif-2: Qo‘y: Qo‘y  qurbonlik qilish. Dinimizda bitta qo‘y bir kishi nomidan (yoki 10ta - qo‘y 10 kishi nomidan) qurbonlik qilinadi. Bu dasturda bir kishi xisobidan - bitta qo‘y qurbonlik qilinadi. Qurbonlik uchun o‘rtacha 30 kilogrammli qo‘ylar olinadi.

 

Buyurtma qanday beriladi?

1. Sayti orqali: to‘lovlarni onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘lov qiluvchilar uchun. Saytimizdan "Buyurtma Qurbonlik" sahifasini oching va anketani to‘ldirib, “Buyurtma qilish” tugmasini bosin, to‘lovni Click, Payme, Paynet yoki Visa to‘lov tizimlari orqali amalga oshiring. Buyurtma to‘lov to‘langanidan keyin qabul qilinadi. 

2. Telegram messenjeri orqali: @Qurbonlik_admin ga aloqaga chiqib kimni nomidan nechi kilogrammlik qurbonlik so‘yish kerakgligini yozib yuboring. Agar bu tur buyurtma bersangiz to‘lovni qurbonik go‘shtini uyingizda qabul qilib olganingizdan keyin naqd yoki plastik karta orqali amalga oshirsangiz bo‘ladi.