Аrab tilidagi Nazr kalimasi "atash, atoq" ma’nosida bo’lib, “kishining javobgar bo’lmagan holda bir ibodatni o’ziga vojib qilishligidir”.
Masalan: “Fаlon ishim bitsa bitta qo’y so’yib qurbonlik qilaman” deb niyat qilsa, shu ish bitsa kishiga qo’y so’yishlik vojib bo’ladi. Nazrga va’fo qilish vojibdir. Bu Qur'oni Karim va hadisi shariflar bilan sobit bo’lgan. Аlloh taolo аytadi: “Va nazrlarini to’la аdo qilsinlar!” (Xaj, 29).
Nazr qurbonlik qilgan kishi bu qurbonlikning go’shtini o’zi ham, qaramog’idagi kishilar ham (ota-оnа, bоbо-mоmо, turmush o’rtog'i, farzand va nabiralar) yeyishlari mumkin emas. Nazr qurbonlik go’shti faqatgina muxtojlarga beriladi, boylarga berilmaydi. Agar bu go’shtdan yeyish mumkin bo’lmagan shaxslar yesa, yeyilgan go’shtning badalini (yeyilgan miqdoricha go’sht yoki pulini) muxtojlarga berishi kerak bo’ladi.
Buyurtma kalkulyatori