So‘nggi yangilanish sanasi: 12.02.2026 12:30
1. Umumiy qoidalar
Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — “Siyosat”) “Yuzming tabassum” MCHJ (STIR: 306569315, manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 3-Charh Kamolon MFY, Muqumiy ko‘chasi, 178-uy) tomonidan yuritiladigan Qurbonlik.uz veb-saytida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, himoya qilish va foydalanish tartibini belgilaydi.
Mazkur Siyosat O‘zbekiston Respublikasining:
-
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni
-
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni
-
Fuqarolik kodeksi
-
Elektron tijoratga oid normativ hujjatlar
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Saytdan foydalanish va buyurtma berish orqali foydalanuvchi mazkur Siyosat shartlariga to‘liq va so‘zsiz rozilik bildiradi.
2. Operator to‘g‘risida ma’lumot
Xizmat ko'rsatish operatori:
“Yuzming tabassum” MCHJ
STIR: 306569315
Telefon: +998 78 113-00-78
Email: info@qurbonlik.uz
Operator foydalanuvchi ma’lumotlarini qayta ishlashning maqsadi, hajmi va usullarini mustaqil belgilaydi.
3. Qayta ishlanadigan shaxsga doir ma’lumotlar
Buyurtma berish jarayonida quyidagi ma’lumotlar yig‘iladi:
3.1. Identifikatsiya ma’lumotlari
-
Ism
-
Familiya
-
Telefon raqami
3.2. Xizmat ko‘rsatish uchun zarur ma’lumotlar
-
Yetkazib berish manzili
-
Geolokatsiya
-
Qurbonlik turi va niyati (vojib, aqiqa, ehson va boshqalar)
-
Aqiqa qilinayotgan farzand F.I.Sh
-
Ehson qilinadigan go‘sht miqdori
3.3. Texnik ma’lumotlar
-
IP manzil
-
Qurilma turi va brauzer ma’lumotlari
-
Cookie fayllari
-
Google Analytics orqali anonim statistik ma’lumotlar
Email, pasport ma’lumotlari va bank kartasi ma’lumotlari sayt tomonidan yig‘ilmaydi.
4. Ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi
Shaxsiy ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi:
-
Buyurtmani qabul qilish va bajarish
-
Qurbonlik xizmatini tashkil etish
-
Foydalanuvchi bilan bog‘lanish
-
To‘lovni tasdiqlash
-
Hisob-kitob va buxgalteriya yuritish
-
Qonuniy majburiyatlarni bajarish
-
Nizolarni hal etish
Ma’lumotlar boshqa tijorat yoki marketing maqsadlarda ishlatilmaydi.
5. To‘lovlar va moliyaviy ma’lumotlar
Saytda quyidagi to‘lov tizimlari orqali to‘lov amalga oshiriladi:
-
Payme
-
Click
-
Atmos
Bank karta ma’lumotlari Operator serverlarida saqlanmaydi.
Operator serverida faqat:
-
To‘lov summasi
-
Chek raqami
-
To‘lov sanasi
saqlanadi.
To‘lov xavfsizligi to‘lov provayderlari tomonidan ta’minlanadi.
6. Ma’lumotlarni saqlash va muddat
Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlanadi.
Ma’lumotlar:
-
Buyurtma bajarilgandan so‘ng
-
Qonunchilikda belgilangan muddatlar davomida
-
Soliq va buxgalteriya talablariga muvofiq
saqlanishi mumkin.
7. Ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish
Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Quyidagi hollar bundan mustasno:
-
Sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy so‘rovi
-
Qonunchilikda belgilangan majburiyatlar
Yetkazib berish va so‘yish xizmatlari to‘liq Operator tomonidan amalga oshiriladi.
8. Foydalanuvchi huquqlari
Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
-
O‘z ma’lumotlari haqida ma’lumot olish
-
Ma’lumotlarni o‘chirishni talab qilish
-
Qayta ishlashni cheklashni talab qilish
Murojaatlar info@qurbonlik.uz elektron manziliga yuboriladi.
Operator 15 ish kuni ichida javob beradi.
9. Ma’lumotlarni himoya qilish
Operator:
-
SSL shifrlash texnologiyalaridan foydalanadi
-
Serverlarga ruxsatsiz kirishni cheklaydi
-
Texnik va tashkiliy xavfsizlik choralarini qo‘llaydi
Shu bilan birga, internet orqali ma’lumot uzatishda 100% xavfsizlik kafolatlanmasligi mumkin.
10. Voyaga yetmaganlar
Saytdan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning foydalanishi taqiqlanadi.
Agar bunday holat aniqlansa, ma’lumotlar darhol o‘chiriladi.
11. Javobgarlikni cheklash
Operator:
-
Internet uzilishlari
-
Uchinchi tomon to‘lov tizimlaridagi nosozliklar
-
Foydalanuvchining noto‘g‘ri ma’lumot kiritishi
natijasida yuzaga kelgan oqibatlar uchun javobgar emas.
12. Nizolarni hal etish
Nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
Sud yurisdiksiyasi — O‘zbekiston Respublikasi hududi.
13. Siyosatga o‘zgartirish kiritish
Operator mazkur Siyosatga bir tomonlama o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
Yangilangan versiya saytga joylashtirilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Buyurtma kalkulyatori