Alloh taolo shunday deydi: “Va biz ularga xohlagan mevalari va go‘shtlarini muhayyo qilib qo‘ydik” (At-Tur, 22), “Ishtahalari tusagan qush go‘shtini olib” (aylanib yurarlar) (Voqi’a, 21).

Az-Zuxri deydi: “Go‘sht yetmish xil usulda kuch beradi”.

Muxammad ibn Vasi’ deydi: “Go‘sht ko‘rishini mustahkamlaydi”

Ali roziyalohu anhu shunday degan: “Go‘shtni tanovvul qilinglar, chunki u terini yorqinlashtiradi, me’dani mustahkamlaydi, va hatto xulqni yaxshilaydi”. U shuningdek deydi: “Kimki qirq kun davomida go‘shtdan tiyilsa xulqi yomon tomonga o‘zgaradi”.

Ibn Umar roziyallohu anhu asosan ko‘pincha safarlarda va ramazon  oyi davomida go‘sht yer edi.

Bilamizki go‘sht turlari juda ko‘p. Biz bu yerda faqat eng ko‘p tarqalganlarini keltirib o‘tamiz:

Qo‘y go‘shti

Qo‘y go‘shti birlamchi nam, ikkilamchi isiqqdir. Eng yaxshi qo‘y go‘shti – bu bir yoshli qo‘ynikidir. U, agar yaxshi hazm bo‘lsa, qonni tozalanishiga yordam beradi. Bunday go‘sht ko‘proq issiq yoki sovuq mijozlilarga, sport bilan faol shug‘ullanadigan shimoyil mamlakatlardagi odamlarga yoki yilning sovuq fasillarida to‘g‘ri keladi. U shuningdek qora xiltdan azob chekadiganlar uchun foydalidir. Qo‘y go‘shti aql va xotirani mustaxkamlaydi. Biroq qari jonivorlar go‘shti xaqida bunday deb bo‘lmaydi.
Eng yaxshi qo‘y go‘shti to‘q rangdagi qo‘chqor go‘shtidir, chunki u qo‘y go‘shtiga nisbatan yengil, mazaliroq va foydaliroqdir bo‘ladi. Bichilgan qo‘chqor go‘shti yanada yaxshiroq va foydaliroqdir. Semiz qo‘yning qizil go‘shti yengilroq va to‘yimliroqdir.

Go‘shtning eng yaxshi joylari bu o‘ng tomonning suyakni qoplab turuvchi go‘shtlar yoki oldi qismi. Payg‘ambar alayhissalom, masalan, qo‘yning old tomonini, kallaga yaqin kismini yaxshi ko‘rardilar, biroq kallasini emas. Bir kuni al-Farazdak kimgadir go‘sht sotib olishni buyurib shunday dedi: “Old qismidan olgin, ammo kallasini  va ichaklarini emas, chunki bu joylar kasallik o‘tiradigan joylardir”.

Echki go‘shti

Echki go‘shti sovuq va quruqdir, va uning tufayli ishlab chiqariladigan xar hil narsalar zararli bo‘lishi mumkin. U qiyin hazm bo‘ladi, unchalik to‘yimli emas. Ayniqsa bu juda quruq bo‘lgan echki go‘shtiga ta’luqli, qiyin hazm bo‘ladi va qora xilt paydo qiladi. Al-Jaxiz bir kuni shunday degan edi: “Bir xassos tabib menga shunday degan edi: “Ey Abu Usmon! Echki go‘shtini yema, chunki u maxzunlik (depressiya) chaqiradi, qora xiltni paydo qiladi, xotirani susaytiradi va qonni buzadi. Alloxga qasamki, u yana bolalarni aqldan ozdiradi!” Shifokorlar echki go‘shtini zararli deyishganda, ular xazmi zaif odamlarni va umuman bu go‘shtni yeyishga odatlanmagan odamlarni nazarda tutishadi, masalan shaxarliklar. Yosh echkining go‘shti yumshoqroq, tezroq hazm bo‘ladi va tuya go‘shtiga nisbatan yengilroq.

Mol go‘shti

Mol go‘shti sovuq va quruq. Qiyin xazm bo‘ladi, qora xiltli qonni paydo qiladi va ko‘proq jismoniy mexnat bilan shug‘ullanadiganlar uchun to‘g‘ri keladi. Doim mol go‘shti yeyishga o‘rganmagan odamlarda qora xilt chaqiradigan quyidagi kasalliklar uchrashi mumkin: vitiligo, qichima, temiratki, moxov, fil kasalligi, saraton, to‘rt kunlik isitma va xar xil o‘smalar. Biroq, agar uni ziravoralr, sarimsoq, zanjabil yoki dolchin bilan birga tanovul qilinsa barcha bunday nojo‘ya ta’sirlardan xalos bo‘lish mumkin. Buqa go‘shti sovuqroq, sigir go‘shtining esa quruqligi kamroq.

Ot go‘shti

Asma, roziyallohu anhu, shunday degan: “Bir kuni biz ot so‘ydik, va Rasululloh sollallohu alayhi vassallam uning go‘shtidan yedilar” Pyg‘ambar sollallohu alayhi vsallam dedilar: “Ot go‘shtini yeyish mumkin, biroq xonaki eshak go‘shtini yeyish mumkin emas” Alloh Subhonahu Vataolo Muqaddas Qur’onda otlarni eshak va xachirlar bilan birga eslatishi, ularning go‘shtiga nisbatan bo‘lgan holatga ham ta’luqli degani emas. Ba’zida Alloh Subhonahu Vataolo ketma ket bir turdagi narsalarni yoki nomlarni eslatib o‘tadi, ba’zida - har xil turdagi. Alloh Subhonahu Vataolo, misol uchun, otlar haqida shunday deydi: “Otlar, xachirlar va eshaklarni minishingiz va ziynat uchun (yaratdi) va siz bilmaydgan narsalarni yaratur” (Nahl, 8).

Bu otlar faqat minish uchun yaratilgan va uni yeyish mumkin emas degani emas. Alloh Subhonahu Vataolo otlarni miniladigan xayvonlar sifatida eng yuqori bahosini eslatmoqda halos. Bundan tashqari, oldingi kelgan ikki hadisda ot go‘shti iste’moli mumkinligi aniq aytilgan. Ot go‘shti issiq va quruq sifatlarga ega. Zaif me’da uchun hazmi qiyin.

Tuya go‘shti

Yaxudiylar va shiyalar tuya go‘shtini yeyishmaydi. Biroq hadislardan bilamizki, Pyg‘ambar alayhissalom ham, sahobalar ham doim tuya go‘shtini iste’mol qilishgan. Yosh tuya go‘shti – eng shirin va to‘yimli go‘sht turlaridan biridir. Uni yeyishga o‘rgangan odamlar uchun u xuddi qo‘y go‘shtiday yumshoq va foydali. O‘rganmaganlar uchun xazmi qiyin. Tuya go‘shti organizmga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun Payg‘ambar alayhissalom uni yegandan keyin tahorat qilishni tavsiya qilganlar. Bu yerda tahorat gigiyena nuqtai nazardan aytilganligiga e’tibor berish kerak, diniy nuqtai nazardan emas, misol tariqasida, mana bunday deganlari: “O‘zining jinsiy a’zolariga tegingan odam tahorat qilsin”.

 

Halol.uz saytidan olindi