2018 yil dasturimiz orqali Qurbon xayiti bayramida 44bosh qoramol va 85 bosh qo‘chqor Qurbonlik qilindi. 

Xamma qurbonliklar poytaxtimiz Bektemir tumanida joylashgan zamonaviy kushxonada so‘yilib, parchalandi. Xayitning ikkinchi va uchinchi kunlari egalariga qadoqlanib topshirildi.

Dastur a’zolarining chin ko‘ngildan bizga ishonib topshirgan ja’mi 1250 kg mol va 478kg qo‘y go‘shti exsonliklari “Mexrli qo‘llar” fondi orqali muxtoj oilalarga, madrasa talabalariga, maxalla raislari bergan ro‘yxat asosida kam ta’minlangan oilalarga yetqazildi.

Bundan tashqari qurbonlik xayvonlar teri va kalla pochalari sotilib, bundan tushgan 21.840.000 so‘m mablag‘ “Mexrli qo‘llar” fondiga topshirildi.