Aqiqa nima ?

Yangi tug‘ilgan chaqaloq sochiga Aqiqa deyiladi. Allox Taolo farzand berganiga shukur sifatida so‘yiladigan qurbonlikka xam “Aqiqa” nomi berilgandir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday dedilar:  “Yangi tug‘ilgan bola aqiqasi bilandir, Qon oqizib aziyatlarini daf qilinglar” (imom buxoriy rivoyati)

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Hasan nomidan bir qo‘y so‘ydilar va: “Ey Fotima, uning sochini ol va sochining og‘irligi miqdorida kumush sadaqa qil”, dedilar. Men uni tortib ko‘rgandim, og‘irligi bir dirham yoki undan kamroq chiqdi” (Termiziy va Hokim rivoyati. Rivoyat sanadi hasan).
Bir dirham deyarli 3 grammga teng. Demak, Hasan ibn Ali roziyallohu anhuning sochi olinganida, vazni 2.5-3 gramm atrofida chiqqan. Rivoyatga ko‘ra, chaqaloq sochini uning onasi olib, vaznini tortish va kumush sadaqa qilishni otasi amalga oshiradi.

Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Aqiqa yettinchi yoki o‘n to‘rtinchi yoki yigirma birinchi kuni so‘yiladi”, deganlar (Bayhaqiy “As-sunanul kubro”da, Tabaroniy “Avsat”da rivoyat qilgan. Hadis sanadi sahih).
Qurbonlikka yaroqli xayvon aqiqaga xam yaroqli bo‘ladi. Xo‘roz, tovuq, kurka va g‘oz kabi uy parrandalari hamda go‘shti yeyiladigan yovvoyi hayvonlar qurbonlik niyati bilan so‘yilishi mumkin bo‘lmaganidey Aqiqa uchun xam so‘yilishi mumkin emas.

Aqiqa qilishga qudrati yetmagan odam qarz olib bo‘lsa ham aqiqa qilishi kerak, degan gap yo‘q shariatimizda. Aqiqa jonlig‘ini so‘ygandan keyin tadbir uyushtirib odamlarga tarqatish shart emas, balki bunda muhimi jonliqning so‘yilishidir. Uni qay tartibda tarqatish odamning o‘ziga bog‘liq: xohlasa, go‘shtini qo‘ni-qo‘shni va qarindosh-urug‘larga, yana kambag‘al-bechoralarga tarqatsin, xohlasa, dasturxon yozib, odamlarni mehmonga chaqirish ham mumkin. Ammo bundan ko‘ra eng haqdor odamlarga tarqatish afzal. Sababi oshga qorni to‘q va boy kishilar ham keladi. Nochorlar esa doim ham tadbirlarga taklif etilavermaydi. Masalaning shu tomonini inobatga olish kerak.

Hoziroq Aqiqa uchun Buyurtma bering:

Buyurtma-Aqiqa