Ommaviy oferta

Ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda — Shartnoma) «Yuzming tabassum» mas’uliyati cheklangan jamiyatining (keyingi o‘rinlarda — Xizmat ko‘rsatuvchi) u bilan mazkur shartnomada keltirilgan shartlar asosida «Qurbonlik.uz» - internet do‘koni orqali mahsulotga doir xizmat ko‘rsatish shartnomasini tuzish taklifi hisoblanadi.

 
I. ShARTNOMANING PREDMETI

1.1. Ushbu Oferta « Yuzming tabassum » MChJ tegishli https://qurbonlik.uz internet manzilida joylashgan saytda taqdim etilgan xizmatlarni elektron shaklda realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.

1.2. Elektron tijorat shaklida amalga oshiriladigan ulgurji va chakana savdo O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 407–sonli, 2003 yil 13 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 75-sonli hamda 2016 yil 02 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 185–sonli qarorlari bilan tasdiqlangan Nizom va Qoidalariga asosan muvofiqlashtiriladi.

1.3. Iste’molchilar huquqini himoya qilishga doir masalalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi» Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.

 
II. ATAMALAR TA’RIFI

2.1. Mazkur ofertada, agar kontekstda boshqa ma’no-mazmun talab etilmasa, ushbuda keltirilgan atamalar quyidagi ma’nolarni anglatadi va ushbu hujjatning ajralmas qismini tashkil qiladi:

Aksept — oferta yo‘llangan shaxsning uning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi javobi, ya’ni elektron to‘lovni amalga oshirishi.

Qurbonlik.uz saytida xizmatga buyurtma berish — https://qurbonlik.uz internet manzili bo‘yicha joylashgan «Yuzming tabassum» MChJga qarashli saytda yoki (90) 122-00-70 telefon raqami orqali xizmatga buyurtma berish so‘rovini rasmiylashtirish jarayonida Xaridor tomonidan xizmatlar tarifi orasidan tanlangan tarif.

Sayt — https://qurbonlik.uz internet manzili bo‘yicha joylashgan xizmat ko‘rsatuvchi « Yuzming tabassum » MChJning rasmiy sayti.

Oferta — bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki shaxslarning nomuayyan doirasiga yo‘naltirilgan, undan taklif bildirayotgan shaxsning (oferentning) taklifda ko‘rsatilgan shartlarda kim javob bersa u bilan shartnoma tuzishga bo‘lgan irodasi bilinadigan shartnomaning barcha mavjud shartlari mavjud bo‘lgan taklif.

Xaridor — pirovard iste’mol, tijorat maqsadlarida foydalanish, o‘zining ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi jismoniy shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari (O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari).

Xizmat ko‘rsatuvchi — « Yuzming tabassum » MChJ.

Tarif — tomonlar kelishuvining ob’yekti, https://qurbonlik.uz internet manzili bo‘yicha joylashgan «Yuzming tabassum» MChJning rasmiy saytida taqdim etilgan xizmat ko‘rsatish turlarining ro‘yxati.

Elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) yoki ularning Xaridori bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.

 

III. UMUMIY QOIDALAR

3.1. Saytda taqdim etilgan Tarifga buyurtma berish orqali Xaridor joriy ofertaning barcha shartlariga o‘z roziligini bildiradi.

3.2. Sayt ma’muriyati Xaridorni oldindan ogohlantirmagan holda ofertaga o‘zgartirish kiritish huquqiga egadir.

3.3. Ofertaning amal qilish muddati chegaralanmagan (agar saytda boshqacha tartiblar keltirilmagan bo‘lsa).

3.4. Xizmat ko‘rsatuvchi Xaridorga Tarif haqidagi to‘liq va ishonchli axborotni, jumladan, mahsulotga tegishli asosiy iste’mol xususiyatlari, xizmat ko‘rsatish joyi, shuningdek, boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni https://qurbonlik.uz internet manzili bo‘yicha « Yuzming tabassum » MChJga qarashli saytda taqdim qiladi.

 
IV. TARIF NARXI

4.1. Har bir Tarif narxi https://qurbonlik.uz/qurbonlik  internet-manzilida joylashgan sahifada ko‘rsatilgan.

4.2. Tarif narxi bir tomonlama tartibda o‘rnatiladi va internet-do‘kon sahifalarida ko‘rsatiladi.

4.3. Tarif narxi O‘zbekiston Respublikaning milliy valyutasi – so‘mda ko‘rsatiladi.

4.4. Muayyan Tarif uchun shartnoma tuzish taklifi ushbu Tarifning saytda mavjud bo‘lgan muddat davomida amal qiladi.

4.5. Xizmat ko‘rsatuvchi bir tomonlama tartibda har qanday Tarif uchun narxlarni o‘zgartirish huquqiga ega.

4.6. Xaridor tomonidan buyurtma berilgan Tarif narxini Xizmat ko‘rsatuvchi o‘zgartira olmaydi.

4.7. Pul mablag‘lari xizmat ko‘rsatuvchiga yetib kelgan vaqtdan boshlab Xaridorning Tarif uchun amalga oshirgan to‘lov majburiyati bajarilgan deb hisoblanadi.

 
V. ShARTNOMANI RASMIYLAShTIRISh JARAYoNI

5.1. Ushbu shartnomaning matni ochiq oferta hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismi va 426-moddasiga asosan).

5.2. Xaridor tomonidan joriy oferta shartlariga rozilik bildirish asosida tuziladigan shartnoma - Xaridor hech qanday istisnolar va bahonalarsiz qo‘shiladigan birlashtiruv shartnomasi hisoblanadi.

5.3. Xaridor so‘roviga asosan Xizmat ko‘rsatuvchi menedjeri (telefon yoki elektron pochta orqali) Xaridor uchun zaruriy va sub’yektiv nigohda yetarli hisoblangan ma’lumotni Tarif tanlashga doir qaror qabul qilinishi uchun taqdim etishga majburdir.

5.4. Xaridor tomonidan Tarifga buyurtma berilishi uning mazkur Shartnoma talablariga e’tirozsiz ravishda roziligini anglatadi.

5.5. Saytdan muayyan Tarifga buyurtma bergan Xaridor ushbu shartnoma doirasida Xizmat ko‘rsatuvchi bilan savdo munosabatlariga kirishgan shaxs sifatida baholanadi.

 
VI. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI

6.1. Xizmat ko‘rsatuvchining majburiyatlari:

6.1.1. Shartnoma tuzilganidan so‘ng Xaridor oldidagi barcha majburiyatlarni shartnomada keltirilgan shartlar va amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘liq bajarilishini ta’minlash;

6.1.2. Amaldagi qonunchilikka binoan Xaridorning personal ma’lumotlarini qayta ishlash va ularning maxfiyligini ta’minlash;

6.1.3. Ma’lumotga ruxsatsiz kirish urinishlarini bartaraf qilish va/yoki uning buyurtmalarni bajarishga aloqador bo‘lmagan shaxslarga berilishining oldini olish, bunday holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va to‘xtatish.

6.2. Xizmat ko‘rsatuvchining huquqlari:

6.2.1. Shartnomani, Tariflarga belgilangan narxlarni, to‘lov hamda qurbonlik go‘shtlarini yetkazib berish muddatlari va usullarini bir tomonlama tartibda, https://qurbonlik.uz internet-manzilida joylashgan sayt sahifalarida joylash orqali o‘zgartirish;

6.2.2. Sayt sahifalarida joylashtirilgandan keyin barcha o‘zgartirishlar o‘sha zahoti kuchga kirgan va Xaridorga yetkazilgan deb hisoblanadi;

6.2.3. Xaridor bilan telefon muloqotini o‘tkazish;

6.2.4. Xaridor bilan kelishmagan tartibda shartnomani bajarish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini uchinchi tomon shaxslariga o‘tkazish;

6.2.5. Informatsion hamkorlarga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun uzatish;

6.2.6. Ushbu shartnomaning XI bo‘limida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda shartnomadagi majburiyatlarni bajarmaslik.

6.3. Xaridorning majburiyatlari:

6.3.1. Shartnomani tuzish oldidan undagi ma’lumotlar va shartlar, Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan saytda keltirilgan Tarif narxlari, shuningdek, https://qurbonlik.uz internet manzili bo‘yicha joylashgan sayt sahifalarida keltirilgan boshqa shartlar bilan tanishib chiqishi;

6.3.2. Xizmat ko‘rsatuvchi o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun mazkur ofertaning 7.2. bandida ko‘rsatilgan tartibda Xaridor uni mijoz sifatida aniqlashga yordam beradigan va mahsulotni yetkazib berish xizmatidan foydalanilgan taqdirda buning uchun kerakli barcha ma’lumotlarni Xizmat ko‘rsatuvchiga taqdim etishi;

6.3.3. Mazkur Shartnoma doirasida buyurtma berilgan Tarif uchun to‘lovni amalga oshirishi;

6.3.4. Turli bahsli holatlarni oldini olish uchun buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan uning saytida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqishi;

6.3.5. Tarifga buyurtma berish chog‘ida albatta qurbonlik niyati bo‘lishi, sayt orqali buyurtma berilgan qurbonlik go‘shtlaridan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanmasligi.

 

VII. BUYuRTMANI RASMIYLAShTIRISh

7.1. Tarifga Xaridor tomonidan xizmatning https://qurbonlik.uz internet manzilida joylashgan sayti yoki (90) 122-00-70 telefon raqami yordamida operator orqali buyurtma beriladi.

7.2. Saytda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Xaridor quyidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi lozimdir:

7.2.1. Xaridor yoki u tomondan ko‘rsatilgan shaxsning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi:

7.2.2. Qurbonlik go‘shtlari yetkazib beriladigan manzil (agar Xaridor manziligacha yetkazib beriladigan Tarif bo‘lsa);

7.2.3. Elektron pochta manzili;

7.2.4. Bog‘lanish uchun telefon raqami.

7.3. Xaridor tomonidan tanlangan Tarifning nomi, miqdori, xizmat ko‘rsatish shartlari, va narxi saytdagi Xaridor savatchasida ko‘rsatiladi.

7.4. Agar Xizmat ko‘rsatuvchiga qo‘shimcha ma’lumotlar kerak bo‘lsa, u Xaridordan mazkur ma’lumotlarni so‘rash huquqiga ega. Agar Xaridor Xizmat ko‘rsatuvchi so‘ragan ma’lumotlarni taqdim qilmasa, u holda xizmat ko‘rsatuvchi Xaridor tanlagan Tarif uchun mas’ul bo‘lmaydi.

7.5. Xaridor saytda yoki buyurtmani operator orqali rasmiylashtirish vaqtida kerakli ma’lumotlarni ro‘yxatga olish shakliga kiritish bilan mazkur ofertaning shartlarini qabul qilgan deb hisobalanadi. Operator orqali buyurtma rasmiylashtirilgan taqdirda Xaridor haqidagi tafsilotlar Xizmat ko‘rsatuvchining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Tanlangan Tarifga buyurtmani tasdiqlash orqali Xaridor ushbu ofertaning 7.2-bandida keltirilgan tartibda zaruriy ma’lumotlarni taqdim qiladi.

7.6. Xizmat ko‘rsatuvchi buyurtmani rasmiylashtirish paytida Xaridor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning mazmuni va aniqligiga javob bermaydi.

7.7. Xaridor buyurtmani rasmiylashtirish paytida taqdim qilingan ma’lumotlarning aniqligiga javob beradi.

7.8. Buyurtma rasmiylashtirilgan vaqtdan e’tiboran Xaridor va Xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida masofaviy shaklda tuzilgan xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.

 

IX. QURBONLIK GO‘ShTINI QAYTARISh

9.1. Xaridor buyurtma berilgan zarur sifatdagi qurbonlik go‘shtlarini sabablarni ko‘rsatgan holda qabul qilib olish chog‘ida qaytarish huquqiga ega.

9.2. Qurbonlik go‘shtlarini quyidagi sabablardan biri bo‘lganda qaytarish mumkin:

- uning sifati talab darajasida bo‘lmas;

- iste’mol qilishga yaroqsiz bo‘lsa;

- go‘shtda kasallik alomatlari mavjud bo‘lsa;

- mol go‘shti mo‘ljallangan hajmdan 10%dan ortiq kam chiqsa.

9.3. Zarur sifatdagi qurbonlik go‘shtlari qaytarilmaydi.

9.4. Qurbonlik go‘shtlari qabul qilib olingandan so‘ng qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.

9.5. Qurbonlik go‘shti qaytarilganidan keyin, xaridor bilan kelishgan xolatda to‘lov naqd yoki xaridor xisob raqamiga tushurib berish usulida qaytariladi

 

X. TO‘LOV TURLARI

10.1. Xaridor to‘lovni quyidagi usullar yordamida amalga oshirishi mumkin:

- naqd pul;

- bank plastik kartasi;

- https://qurbonlik.uz internet-manzilda ko‘rsatilgan to‘lov tizimlari;

- pul o‘tkazish (yuridik shaxslar uchun) orqali.

10.2. To‘lov usullari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot internet-saytning «To‘lov usullari»da keltirilgan.


XI. FORS-MAJOR

11.1. Agar shartnomada ko‘rsatilgan shartlar mazkur shartnoma imzolangandan keyin bartaraf qilib bo‘lmaydigan sabablar tufayli bajarilmay qolsa, tomonlarning har biri shartlarni to‘liq yoki qisman bajarmaslik oqibatida paydo bo‘ladigan javobgarlikdan ozod etiladi.

11.2. «Bartaraf qilib bo‘lmaydigan sabablar» deganda favqulodda holatlar yoki muayyan taraf o‘ziga tegishli vositalar orqali avvaldan ko‘ra bilmagan yoki oldini ololmagan vaziyatlar tushuniladi. Bunday favqulodda holatlar hamda vaziyatlarga jumladan: ish tashlashlar, suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, urush, harbiy harakatlar, O‘zbekison Respublikasi yoki boshqa davlatlardagi organlar faoliyati, shu bilan birga, tomonlarning oqilona nazoratidan chetda bo‘lgan har qanday vaziyatlar kiradi.

11.3. Tomonlarning birortasiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan amaldagi qonunchilik yoki normativ hujjatlarning o‘zgartirilishiga bartaraf etib bo‘lmas holat sifatida qaralmaydi. Biroq, tomonlarning mazkur shartnomaga asosan majburiyatlarini bajarishga yo‘l qo‘ymaydigan bunday qonun o‘zgarishlari kiritilgan taqdirda, tomonlar ushbu muammolarni bartaraf etish va mazkur shartnoma shartlarini bajarishda davom etish bo‘yicha ishlash tartibiga doir kechiktirib bo‘lmas qaror qabul qilishlari talab etiladi.  

 

XII. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

12.1. Mazkur shartnomada keltirilgan shartlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.   

12.2. Saytga joylangan barcha matnli ma’lumotlar, grafik tasvirlar va xizmatlar qonuniy muallifiga ega bo‘lib, ushbu materiallardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilik bo‘yicha ta’qib qilinadi.

 

XIII. BOShQA ShARTLAR

13.1. Shartnomada keltirilgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik bilan aloqador barcha nizolarni tomonlar o‘zaro muzokaralar yordamida hal qilishga intiladilar.

13.2. Agar muzokara yo‘li bilan o‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar sud orqali O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.   

13.3. Saytdagi qoida va shartlarni ifodalaydigan va ushbu Ofertada havolasi berilgan bo‘limlar mazkur Ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.

13.4. Mazkur Oferta talablarini qabul qilgan holda Xaridor o‘z personal ma’lumotlarini, jumladan familiya, ism, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi, pochta manzili, uy, ish va mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzilini « Yuzming tabassum » MChJ tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildiradi va bunga ruxsat beradi. Ushbu jarayon, shuningdek, personal ma’lumotlarni to‘plash, tizimlash, yig‘ib borish, saqlash, aniqlash (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, tarqatish, O‘zbekiston Respublikasi hududida uzatish, depersonalizatsiyalash, bloklash, personal ma’lumotlarni o‘chirish, hamda ularni xizmat ko‘rsatuvchining kontragentlariga keyingi qayta ishlash jarayoni uchun (jumladan, ma’lumotlarni to‘plash, tizimlash, yig‘ib borish, saqlash, aniqlash (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, tarqatish, O‘zbekiston Respublikasi hududida uzatish,  depersonalizatsiyalash, bloklash, personal ma’lumotlarni o‘chirish) xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, marketing dasturlari va statistik tadqiqotlarni o‘tkazish, shu bilan birga, Xaridor bilan turli aloqa vositalari orqali (jumladan, biroq chegaralanmagan tartibda: pochta orqali xabar jo‘natish, elektron pochta, telefon, faksimil aloqa, internet tarmog‘i) bevosita bog‘langan holda bozorda xizmatlarni ilgari surish maqsadlarida uzatish ishlarini qamrab oladi.

13.5. Xaridor o‘z roziligini bildirgan holda xizmat ko‘rsatuvchi va kontragentlarga o‘ziga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tizimlar hamda xizmat ko‘rsatuvchining talabi asosida yaratilgan boshqa maxsus dasturlar orqali qayta ishlanishiga ruxsat beradi. Bunday tizimlarning ishlash xususiyati operator tomonidan avvaldan yozilgan algoritm (to‘plash, tizimlash, yig‘ish, saqlash, aniqlash, foydalanish, bloklash, o‘chirish) orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadida qo‘llaniladigan usullar (jumladan, lekin chegaralanmagan tartibdi): pochta kodlarini kod bazasi bilan mosligini avtomatik ravishda solishtirish, ko‘cha/aholi punktlari nomlarining yozilishini avtomatik tekshirish, ma’lumotlarni Xaridor bilan telefon, pochta aloqasi yoki internet tarmog‘i orqali bog‘lanib aniqlashtirish, bazani belgilangan mezonlar asosida segmentatsiya qilish. Agar bu mazkur Ofertada keltirilgan muayyan maqsadlarning amalga oshirilishi uchun talab etilsa, Xaridor xizmat ko‘rsatuvchiga taqdim etilgan personal ma’lumotlarning xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan qayta ishlanish uchun uchinchi tomonga uzatilishiga rozilik bildiradi. Bu jarayon xizmat ko‘rsatuvchi va uchinchi tomon o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining personal ma’lumotlarning maxfiyligini va ularni qayta ishlash paytida xavfsizligini ta’minlash haqidagi qonunchiligida belgilangan talablarga rioya etilgan holda o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Xaridorga tegishli ma’lumotlarni uzatish vaqtida xizmat ko‘rsatuvchi ularni qabul qilayotgan shaxslarni mazkur axborot maxfiyligi va faqatgina ular xabar berilgan maqsadlarda ishlatilishi haqida ogohlantiradi, hamda ushbu shaxslardan so‘ralgan qoidalarga rioya etishni talab qiladi.

13.6.  Xaridor xizmat ko‘rsatuvchidan o‘ziga tegishli personal tafsilotlar, ularning qayta ishlanishi va qo‘llanilishi haqidagi to‘liq ma’lumotni so‘rashga, shu bilan birga,  pochta manzili bilan xizmat ko‘rsatuvchi nomiga tegishli so‘rovni yuborish orqali ularni o‘chirib tashlash, noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan qismlarini tuzatish/to‘ldirishni talab qilishga haqlidir. Xaridor tomonidan uning personal ma’lumotlarini qayta ishlanishiga bildirgan roziligi muddatsiz ravishda amal qiladi va pochta manziliga xizmat ko‘rsatuvchi nomiga yozma ariza jo‘natish orqali bekor qilinishi mumkin.

 

XIV. XIZMAT KO‘RSATUVNING REKVIZITLARI

«Yuzming tabassum» MChJ
Toshkent sh. Chilonzor t-ni, Qatortol 60
x/r:2020 8000 3051 0000 1001
ATB “ Mikrokreditbank” Bosh ofis
MFO: 00433 INN: 306 569 315 OKED: 46900