Maqsadimiz

Qurbonlik, aqiqa, nazr kabi jonliq so‘yish tadbirlarini shariatimiz qonunlari va gigiyena talablariga ko‘ra, buyurtmachilarimizni ovora qilmasdan sifatli ado qilib berish.

 

Biz haqimizda

Faoliyatimiz go‘sht olib sotishdan boshlangan. 2004 yildan to 2017 yilga qadar "Kasbino" go‘sht markazi go‘sht bo‘limini boshqardik. (2004-2011 yillar eski Navoiy savdo qatorida, 2011-2017 yillar Chilonzor metrosi yaqinida). Har yili Qurbon xayitida tanishlarimiz va doimiy  mijozlarimiz qurbonliklarini tashkillashtirib berardik. Qurbonlik qiluvchilarni bayram kunlari mol bozoru qushxonalarga ovora qilmaslikka qaratilgan bu xizmatimiz xammaga manzur bolardi. 2018-yil bu xizmatimizni alohida yo‘nalish qilib ajratib chiqardik va unga "Qurbonlik.uz" deb nom berdik.  

Qurbonlik.uz nomi bilan internet sayti va telegram kanaliga asos soldik. Biz bu yo‘nalishimizga nafaqat tijorat balkim xalqimizga bo‘lgan kichik bir xizmatimiz deb qaraymiz. Shu yo‘lda bizning asosiy xamkorimiz Baxrom Alimov boshchiligidagi "Mehrli qo‘llar" xayriya fondidir. Himmati baland buyurtmachilarimiz o‘z qurbonliklaridan ajratgan go‘shtlarni biz shu tashkilot orqali kam ta’minlangan oilalarga, Ko‘kaldosh madrasasi va Imom Buxoriy nomidagi Islom insituti talabalari oshxonalariga va 1-sonli Muruvvat uyiga yetqazamiz. Muxtoj insonlar yuzida tabassum ko‘raylik degan maqsad bilan shirkatimizni "Yuzming tabassum" MCHJ deb nomladik .

Xizmatimiz mo‘min musulmonlar ibodati bo‘lmish qurbonliklarni bajarish bo‘lgani uchun, faoliyatimizni shariatimizga uyg‘un holda yo‘lga qo‘ymog‘imiz burchimizdir. Shu sabab biz Musulmonlar idorasi qoshidagi fatvo xayatidagi muxtaram ustozlar, "Shayx Ziyovuddinxon" masjidi imom xatibi , xurmatli Ustozimiz  Esonov Erdon domla bilan maslaxat qilib va Abdumannon Abdulloh domlaning "Qurbonlik so‘yishlar va aqiqaga oid masalalar" nomli fiqhiy kitobidagi  fatvolarga suyangan xolda o‘z ish tamoillarimizni ishlab chiqdik .

Shariatimizga ko‘ra biz buyurtmachilarimizdan aqiqa, nazr va vojib qurbonliklarini ado qilish uchun Vakillikni qabul qilib olamiz va qurbonlik ibodatini Ular nomidan bajaramiz.

Shirkatimiz tomonidan 2022 yil noyabriga qadar bajarilgan ishlar raqamlarda:

  • Qurbonlik uchun so‘yilgan qoramol soni - 173 bosh
  • Qurbonlik, aqiqa va nazr uchun so‘yilgan qo‘y soni - 1102 bosh
  • Ehson qilingan go‘sht miqdori - 20115 kg

 

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz

Telegram: https://t.me/qurbonlik_uz

Facebook: https://facebook.com/qurbonlik/

Instagram: https://instagram.com/qurbonlik.uz/

Telefon: 781130078, 901220070