Assalomu alaykum xurmatli saxifamiz a’zolari. “Qurbonlik-2017” dasturi orqali 15ta qoramol, 20tadan oshiq qo‘chqor qurbonlik qilindi.

Siz Azizlarimiz ximmati bilan yig‘ilgan 700kg dan oshiq gusht Olmazor tumani Nogironlar jamiyati, Chilonzor tumani Nogironlar jamiyati, "Taraqqiyot" va "Geofizik" maxallasi kam ta’minlagan oilalari va "Imom Buxoriy" nomidagi Toshkent Islom instituti talabalar oshxonasiga yetqazildi. Qurbonlik xayvonlari teri va kalla pochasidan tushgan 7.250.000 so‘m pul mablag‘ining xammasi "Imom Buxoriy" nomidagi Toshkent Islom instituti 3 nafar talabasi kontrakt to‘loviga to‘landi.