Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh - Aziz yurtdoshlar!

2022 yil “Qurbonlik.uz” dasturimiz orqali jami 500 ta buyurtmani (ofis va saytimiz orqali) qabul qilib oldik. Shundan 276 tasi qo‘yga xissador, 224 xissa qoramolga, ya’ni 32 bosh qoramol(buqa). 500 ta buyurtmadan 447 tasining go‘shti bayramning 2-kuni yetkazib berildi.

Jami Siz azizlarimizdan 5.129 kg go‘sht exson sifatida qabul qilib olindi.

Ehson go‘shtlar bir qismi Imom Buxoriy nomli Islom instituti (Oliy maxad)ga, Ko‘kaldosh madrasasiga, 1-sonli Muruvvat uyiga topshirildi. Qolgan qismi “Mexrli qo‘llar” fondi muzxonasida saqlanib, shu kunlarda va yil davomida shahrimizdagi kam ta’minlangan oilalarga yetqazib beriladi. Teri va kalla pochalardan tushgan 27.860.000 so‘m pul muhtojlarga ehson qilindi “Qurbonlik.uz” jamoasi nomidan barcha ehson qilgan xamyurtlarimizga, ishlarimizda bizga astoydil yordam bergan “Mexrli qo‘llar” fondi aktivlariga, Abduvoxid Atametovga (targ‘ibot ishlari uchun), Yovuz Bulunga(qimmatli maslaxatlari uchun), Robbimizning roziligini tilab qolamiz.

Mehribon va rahimli Robbimiz qurbonliklarimizni dargohi izzatida qabul qilsin !!!

Biz faqat bayram kunlari emas, balki yil bo‘yi Aqiqa, Nazr va boshqa tur Qo‘y So‘yish xizmatlarini amalga oshirishda – asosiy ko‘makchingiz ekanligimizni eslatib qo‘ymoqchimiz!

Telegram kanalimiz: t.me/qurbonlik_uz
Internet sahifamiz:  Qurbonlik.uz
Facebook sahifamiz:   fb.com/qurbonlik
Telefon raqamimiz:   +998 90 122 00 70