img

Buyurtma Qurbonlik

70,000 сум / 1 kg

Ushbu tarifda Aqiqa, Nazr, Ehson tadbirlari uchun qo‘chqor buyurtma qilishingiz mumkin. Ushbu Qurbonlik ahkomlari haqida batafsil "Qurbonlik Risolasi" da tanishib chiqishingiz mumkin.

Quyida berilgan forma orqali buyurtmani rasmiylashtiring. Buyurtma qoldirishda buyurtmangiz ma’lumotlari - ism-sharifingiz, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamingiz, aqiqa qilinayotgan farzandingiz ismi-sharifi yoki nazr (ehson) kimning nomidan qilinayotganligi, buyurtmani eltib berish manzili kabilarni hamda jonliqning taxminiy vaznini (kilogrammda) aniq kiriting.

Buyurtmada aynan ko‘rsatilgan vazndagi jonliqning yakuniy narxi jonliq sotib olingandan keyin aniqlanadi hamda buyurtmaning yakuniy narxi o‘zgarishi mumkinligini hisobga oling.

Buyurtmaga xizmat ko‘rsatish ikki xil usulda amalga oshiriladi:

1. Qurbonlikni xizmat ko‘rsatuvchiga tegishli kushxonada ado etish - 150,000 so‘m. Bu narx jonliq tanlab sotib olish, so‘yish, muzlatgichlarga olib kelib tindirish, go‘shtni teng hissalarga ajratib parchalash, besh kilogrammdan qilib paketlab berish hamda ko‘rsatilgan manzilga eltib berish xizmatlarini o‘z ichiga oladi.

2. Qurbonlikni buyurtmachi manzilida ado etish - 280,000 so‘m. Bu narx jonliqni tanlab sotib olish, buyurtmachining ko‘rsatilgan manziliga (masalan honadoniga) olib borish, u yerda so‘yib bo‘laklab berish xizmatlarini o‘z ichiga oladi. 

Bizning dasturimiz orqali qurbonliklarini qilgan Azizlarimiz biz hamkorlik qilayotgan «Mehrli qo‘llar» dasturi orqali bir qator Mahalla raislari taqdim qilgan ro‘yxatdagi muhtojlarga, nogiron yurtdoshlarimizga, “Imom Buxoriy” nomli Toshkent Islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalariga xohlagan miqdorda ehson go‘shtlaridan berishlari mumkun. Biz esa bu omonatlarni egalariga yetkazib beramiz.

Сделать заказ


Примерный вес 30 кг
Количество мяса, выделяемого на пожертвование кг
Стоимость услуги 150,000 сум
Jami 2,250,000 сум