Tariflar

1. “Qulay” tarifi: Buyurtmachidan vakillik qabul qilinganidan keyin, qurbonlik qo‘y buyurtmachi nomidan qushxonada so‘yiladi (videohisobot xaridorga jo‘natiladi), go‘sht muzlatgichda yaxshi tindirilib xaridor aytgan uslubda parchalanib qadoqlanib aytilgan manzilga yetkazib beriladi. (masalan: 30 kilogramlik qo‘yni 15 kilosini 1.5kg dan tarqatish uchun paketlarga go‘sht-yog‘ aralash solib paketlanadi, qolgani sort-sort qilib bir martalik plastik idishlarga qadoqlanib beriladi)

2. “Klassik” tarifi: qurbonlik qo‘y buyurtmachi aytgan manzilga olib borib so‘yililadi va joyida xaridor aytganiday parchalanib paketlanib beriladi. Bu uslubda go‘sht muzlatgichda tindirilmagani sababli o‘ta chiroyli qadoqlanish imkoniyati bo‘lmaydi.

 

Buyurtma qanday beriladi?

1. Sayti orqali: to‘lovlarni onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘lov qiluvchilar uchun. Saytimizdan "Buyurtma Qurbonlik" sahifasini oching va anketani to‘ldirib, “Buyurtma qilish” tugmasini bosin, to‘lovni Click, Payme, Paynet yoki Visa to‘lov tizimlari orqali amalga oshiring. Buyurtma to‘lov to‘langanidan keyin qabul qilinadi. 

2. Telegram messenjeri orqali: @Qurbonlik_admin ga aloqaga chiqib kimni nomidan nechi kilogrammlik qurbonlik so‘yish kerakgligini yozib yuboring. Agar bu tur buyurtma bersangiz to‘lovni qurbonik go‘shtini uyingizda qabul qilib olganingizdan keyin naqd yoki plastik karta orqali amalga oshirsangiz bo‘ladi.