Assalomu alaykum xurmatli dasturimiz a’zolari. Bu yilgi Qurbonlik-2019 loyihamiz xisoboti bilan tanishishingiz mumkin.

Bu yilgi dasturimizda Siz azizlarimizdan 39 bosh qoramol, 119 bosh qo‘chqor qurbonligi uchun buyurtmalar oldik.

So‘yilgan qurbonliklar xisobidan ja’mi 1965kg go‘sht exson qilindi. Sizning ximmatingiz bilan ajratilgan bu go‘shtlar “Mexrli qo‘llar” xayriya fondiga, 1-sonli “Muruvvat” nogiron bolalar uyiga, 52-sonli nogiron bolalar maktabi oilalariga, Ko‘kaldosh madrasasi talabalar oshxonasiga, bir qator kam ta’minlangan oilalarga yetqazildi.

Mexribon Rabbimiz qilingan bu exsonlarni dargoxida qabul qilsin. Saxovatpesha xalqimiz ustidan iloxiy barokatlarini yog‘dirsin.

“Qurbonlik.uz” jamoasi Siz azizlardan bu yilgi tadbirda buyurtmalarni yetqazib berish bo‘yicha yuzaga kelgan muammo uchun ming bora uzr va roziligingizni so‘rab qolamiz. Keyingi yillarda bunday kamchilik qaytarilmasligiga astoydil xarakat qilishga va’da beramiz.

Telegram kanalimiz: @qurbonlik_uz
Internet saxifamiz: Qurbonlik.uz
Facebook saxifamiz: fb.com/qurbonlik
Murojaat uchun telefon: +998909222882

Quyida bu yilgi tadbirimizdan ayrim fotolavhalarni ko‘rishingiz mumkin.