O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 21-avgust kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqdagi xabar O‘zbekiston Musulmonlar idorasi vakillari tomonidan tasdiqlandi.
«Qurbon hayitining birinchi kuni 21-avgust, seshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Biz ushbu ma’lumotni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etdik», — deb aytdi O‘zbekiston musulmonlar idorasi mas’ul xodimi.