Assalomu alaykum Xurmatli yurtdoshlar.

2020 yil “Qurbonlik.uz” dasturimiz orqali ja’mi 320 bosh qo‘y va 35 bosh qoramol qurbonlik qilindi. Bu yengil bo‘lmagan sinovli kunlarning qiyinchiliklariga qaramay bu yil buyurtmachilarimiz o‘tgan yilga nisbatan sal kam uch baravar ko‘p go‘sht exson qildilar.

Ja’mi Siz azizlarimizdan “Mexrli qo‘llar” fondiga exson bo‘lib 2850 kg qo‘y, 2700 kg mol go‘shti qabul qilib olindi. (2019yil ja’mi exson - 1965kg, 2020 yil ja’mi exson 5600kg)

Exson go‘shtlar bir qismi Imom Buxoriy nomli Islom instituti (Oliy maxad)ga, Ko‘kaldosh madrasasiga, 1-sonli Muruvvat uyiga topshirildi. Qolgan qismi “Mexrli qo‘llar” fondi muzxonasida saqlanib, shu kunlarda va yil davomida shaxrimizdagi kam ta’minlangan oilalarga yetqazib beriladi.

“Qurbonlik.uz” jamoasi nomidan barcha exson qilgan yurtdoshlarimizga, ishlarimizda bizga astoydil yordam bergan “Mexrli qo‘llar” fondi faollariga, Abduvoxid Atametovga(targ‘ibot ishlari uchun), Yovuz Bulunga(qimmatli maslaxatlari uchun), Abduxalil Qodirovga(xolis xizmat uchun) Robbimizning roziligini tilab qolamiz.

Biz tarafimizdan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun barchangizdan rozilik so‘raymiz, kelgusida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka astoydil xarakat qilamiz.