Bismillahir rohmanir rohiym

"Albatta, U zot sizlarga faqat o‘limtikni, qonni, cho‘chqaning go‘shtini va Allohdan boshqaga so‘yilganni harom qildi. Kimki majbur bo‘lsayu, zulm qilmay, haddan oshmay (yesa), unga gunoh bo‘lmaydi. Albatta Alloh mag‘firatli va rahmlidir." (Baqara surasi 173-oyat)

Cho‘chqa go‘shtining sog‘liq uchun ko‘plab zararlari bor. Bu zararlar o‘tmishda bo‘lgani kabi ko‘rilgan har qanday choraga qaramasdan bugungacha muammo bo‘lib kelmoqda. Eng avvalo cho‘chqa qanchalik toza joylarda boqilsa ham o‘z najosatini yeyuvchi hayvondir. Ham najosat bilan oziqlanishi ham da biyologik tuzilishi sababi bilan cho‘chqa o‘zida boshqa hayvonlarga qaraganda ko‘p miqdorda antikor ishlab chiqaradi. Yana cho‘chqaning tanasi boshqa hayvonlarga va insonlarga nisbatan ko‘p miqdorda o‘sish garmoni ishlab chiqaradi. Tabiiy holatda bu ko‘p miqdordagi antikorlar va o‘sish garmonlari cho‘chqaning muskullarida to‘planadi. Bundan tashqari tarkibida ko‘p miqdorda xolesterol va lipidlar bo‘lgan cho‘chqa go‘shti inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar berishi isbotlangan.

Kunimizda cho‘chqa go‘shti ko‘p yeyiladigan AQSH, Yevropa davlatlaridagi aholining katta qismi juda semiz insonlar bo‘lishi o‘rganip qolingan bir holatdir. Cho‘chqa go‘shti yegan inson tanasiga ko‘p miqdorda o‘sish garmoni kiradi va oldin semirishni keyin tana shakli buzilishni boshlaydi.

Bundan boshqa cho‘chqa go‘shtining sog‘liqqa zararli moddalaridan yana biri ’’trishin’’ parazitidir. Inson tanasiga kirgan zahoti yurak muskullariga joylaship o‘limga olib boradigan trishin paraziti cho‘chqa go‘shtida ko‘p uchraydi. Hozirgi texnologiyalar bilan trishinli cho‘chqalarni aniqlash mumkin bolsa ham oldinlari bunday narsa yo‘q edi. Bu sababdan cho‘chqa go‘shti yegan hamma uchun trishin parazitiga tutulish va o‘lim bilan yuzlashish riski bor.

Ko‘rganingiz kabi barcha sabablar Robbimizning cho‘chqa go‘shtini harom qilishining hikmatlaridan bir qismidir. Robbimizning bu buyrug‘i bizni o‘limga olib boradigan cho‘chqa go‘shtini yeyishlikka qarshi himoyadir.

20-asirgacha cho‘chqa go‘shtining inson sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan zararlari borligidan habardor bo‘lish mumkin emasdi. Kunimizdagi tibbiy jihozlar bilan biyologik testlar bilan isbotlangan bu zararlarga qarshi, hali hech kimning mikrop, bakteriya, trishin, garmon, antikor kabi moddalardan behabar bo‘lgan 7-asirda nozil bolgan Quronda aniq chora ko‘rilmasi , Quronning buyuk ilim sohibi Robbimizning vahiyi bo‘lganligini ko‘rsatadigan mo‘jizalaridandir. Kunimizda cho‘chqa boqishda ko‘rilgan har qanday choraga qarshi cho‘chqa go‘shtining inson tanasiga mos ozuqa emasligi, inson sog‘lig‘iga aniq zararli go‘sht turi ekanligi haqiqati o‘zgarmagan.

Cho‘chqa go‘shtining zararlari

Cho‘chqa go‘shtida juda ko‘p yog‘ bo‘lib inson sog‘lig‘iga zararlidir. Undagi yog‘ yeyilganida to‘g‘ridan to‘gri qonga aralashadi. Bu yog‘ to‘ygan yog‘ bo‘lganligidan tomirlarning qattiqlashishiga sabab bo‘ladi. Yana insonlanlarda baland xolesterolga va yurak kasalliklariga sababchi bo‘ladi. Dinimizda ham cho‘chqa harom qilingan hayvondir.

Cho‘chqa go‘shtida boshqa go‘shtlarda bo‘lmagan o‘sish garmoni juda ko‘p va cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilgan insonlarning qo‘l va oyoqlarida tez tez o‘sish ko‘riladi. Bu hayvonning o‘sish garmonini ko‘p ishlab chiqarishi cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilgan insonlarga zarar beradi. Insonlarda boshning o‘sishiga ham sababchi bo‘ladi. Ayniqsa homilador ayollarning homilalik davomida cho‘chqa go‘shtini umuman iste’mol qilmasliklari tavsiya qilinadi. Agar ona cho‘chqa go‘shti yesa chaqaloqning qo‘llari, oyoqlari va boshi odatdagidan katta bo‘lib qolishi mumkin.

Cho‘chqa go‘shtidagi imidazol moddasi insonlarda qashinishga yo‘l ochadi. Bu qashinish keyinchalik egzama kasalligiga va noro dermatif kabi muammolarga olib boradi. Shuningdek teri kasalligi bor insonlar umuman cho‘chqa go‘shti iste’mol qilmasliklari lozim. Chunki mavjud kasallikni keyinchalik yanada jiddiyroq kasallikka aylantirishi mumkin.

Cho‘chqa go‘shtidagi parazitlar insonlarga yuqa oladi. Bu parazitlar muskullarning ichiga joylashib olishadi va o‘sha yerda yashashni boshlashadi. Umrlari 20 -30 yil orasi bo‘lib trishinoz kasalligiga sabab bo‘ladi.

Jigar kasalliklariga va siroz kasalligiga olib boradi. Kunimizda o‘tkazilgan tajribalar natijasida cho‘chqa go‘shti iste’mol qilgan insonlarda boshqa insonlarga nisbatan jigar kasalliklari kuzatilgan. Cho‘chqa go‘shtining siroz kasalligiga sabab bo‘lishi isbotlangan va iste’mol qilinishi zararli ekanligi bildirilgan.

Insonlarda teri saratoni va oshqozon saratoni bo‘lish xavfini tug‘diradigan cho‘chqa go‘shti va yog‘i insonlarning sog‘liqlarini buzmoqda. Bu kasalliklardan boshqa lenf saratoni va ichak saratoni kasalliklari cho‘chqa go‘shtini ko‘p iste’mol qiladigan insonlarda kuzatiladigan kasallilar orasida.

Tananing muvozanatini buzadi va insonlarning juda semiz bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Cho‘chqa go‘shti juda yog‘li go‘sht bo‘lganligidan iste’mol qilinganida semirishga olib boradi. Semizlik kasalligi eng ko‘p ko‘riladigan davlatlar orasida cho‘chqa go‘shtini ko‘p iste’mol qiladigan davlatlar birinchi qatorlarda turadi.

Cho‘chqa go‘shtida va yo‘g‘ida ko‘p miqdorda zaharli sutoksin moddasi bor. Bu zaharli modda cho‘chqa go‘shtini ko‘p yegan insonlarning lenf bezlarining ko‘p ishlashiga olib keladi. Lenf bezlarining odatdagidan ko‘p ishlashi yaxshi narsa emas. Skrofuloz kasalligiga olib borishi mumkin. Bu kasallikning xalq orasidagi nomi cho‘chqa kasalligidir.