img

Tarif-1: Qoramol

1,700,000 so‘m

Qoramol (buqa) qurbonlik qilish. Dinimizda bitta qoramolni yetti kishi qurbonlik qilishiga ruxsat bor (yoki o‘n bosh qoramolning 70 kishi nomidan qurbonlik qilinishi joizdir). Bu tarifda yetti kishi hisobidan bir qoramol qurbonlik qilinadi.

Qurbonlik qoramolingiz hayit bayramining birinchi kunida musulmon qassoblar tomonidan toza-pokiza kushxonada so‘yilib, muzlatgichlarda kun davomida tindiriladi (go‘shtdagi zararli xususiyatlarni yo‘qotish va paketlarda hidlanib qolmasligi uchun). Bayramning ikkinchi kuni mol go‘shti teng hissalarga taqsim qilinib, qog‘oz qutilarga qadoqlanib egalariga yetkaziladi.

Qurbonlik uchun o‘rtacha 180 kilogrammli buqalar olinadi. Bir hissadorga taxminan 25kg go‘sht to‘g‘ri keladi.

Bir hissa narxi 1 700 000 (bir million yetti yuz ming) so‘m. Bu narx mol tanlab sotib olish, so‘yish, muzlatgichlarga olib kelib tindirish, go‘shtni teng hissalarga ajratib parchalash, qog‘oz qutilarga qadoqlash va yetkazib berish ishlarini o‘z ichiga oladi.

Eslatma: aqiqa, nazr, sadaqa niyatida ham hissador sifatida bu dasturda ishtirok etishingizga Muqaddas Dinimiz ruxsat beradi.

Bizning dasturimiz orqali qurbonliklarini qilgan Azizlarimiz biz hamkorlik qilayotgan «Mehrli qo‘llar» dasturi orqali bir qator Mahalla raislari taqdim qilgan ro‘yxatdagi muhtojlarga, nogiron yurtdoshlarimizga, “Imom Buxoriy” nomli Toshkent Islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalariga xohlagan miqdorda ehson go‘shtlaridan berishlari mumkun. Biz esa bu omonatlarni egalariga yetkazib beramiz.

DIQQAT!!!

1. Karantin sababli bu yilgi Qurbonlik dasturimizda maxsus buyurtmalik tariflar mavjud emas. Faqatgina "Tarif 1" va "Tarif 2" orqali buyurtmalar qabul qilinmoqda.

2. Xar yilgidek buyurtmachilarimizni kushxonaga taklif xam qila olmaymiz, sababi tiqilinchda karantin qoidalariga amal qilib bo‘lmaydi.

 

Buyurtma berish


Ushbu tarifga buyurtma berish to'xtatildi